XUSH KELIBSIZ!
0 0
“Tumorcha” shirinligi

Buni ijtimoiy tarmog‘ingizda ulashing:

Yoki ushbu havolani olib ulashishingiz mumkin

Masalliqlar

Necha Porsiya:
Xamiri uchun
125 gr Sariyog‘ Xona haroritada bo'lishi lozim
250 gr Smetana
1 pachka Vanilin "Spice Expert" ishlatgan maqul
1/3 choy qoshiq Qabartma tuz (разрыхлитель)
500 gr Un 2,5-3 stakan
1/3 choy qoshiq Choy sodasi (чайная сода)
Nachinkasi uchun
1 stakan Yong‘oq Yong'oq maydalangan bo'lishi lozim
0,7 stakan Shakar
1 dona Tuxum
0,5 choy qoshiq Dolchin (корица)

Retseptni saqlab qo‘yish

Retseptni taomnomaga qo‘shish uchun Siz Profilingizga kirishingiz yoki Ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim.

“Tumorcha” shirinligi

Xususiyatlari:
  • Tezpishar
Taomlar:
  • 85 daqiqa
  • 6 Porsiya
  • O‘rtacha

Masalliqlar

  • Xamiri uchun

  • Nachinkasi uchun

Ko‘rsatmalar

Ulashish

“Tumorcha” shirinligi kam vaqt talab qiladigan shirinliklardan biri bo’lib, nonushta uchun ayni muddaodir. Tayyorlash jarayonining osonligi va masalliqlarning kamxarjligi ushbu shirinlikni barcha uchun sevimli qiladi. Ko’p marotaba sinab ko’rilgan ushbu retseptni Sizlarga taqdim qilishdan bag’oyat xursandman. Barchangizga yoqimli ishtaha!

Tayyorlash bosqichlari

1
Bajarildi

Saryog' yoki margaringa, un, vanilin va qabartma tuz (разрыхлитель) solinadi va uvalanadi.

2
Bajarildi

Smetanaga soda qo'shiladi, aralashtirilib, unli massaga solinadi va yumshoq xamir qoriladi. Muzlatgichga 40 minutga qo'yiladi.

3
Bajarildi

Nachinka tayyorlash uchun maydalangan yong'oqqa shakar, tuxum, koritsa qo'shilib aralashtiriladi

4
Bajarildi

Xamir 4 qismga bo'linadi, har bir qism to'gri to'rtburchak shaklida yoyiladi. Ikki barmoq kengligida uzun tasma shaklida kesiladi. Tasmalarning boshiga 0,5 choy qoshiqdan nachinka solinadi va uchburchak shaklida tasmalar o'raladi.

5
Bajarildi
40 daq

Qizib turgan duxovkaga 40 minutga qo'yiladi. Issiqligida shakar kukuni (сахарная пудра) sepiladi. Yoqimli ishtaha!

Nozima

Retseptlarim asosida tayyorlangan taomlar Sizlarga manzur bo'ladi degan umiddaman :)

Retseptga Baholar

O‘rtacha Baho:
(5)
Jami Baholar: 1
Oshpaz

Uyda qilib ko'rdik, juda yaxshi chiqdi. Retsept uchun katta rahmat!

keyingi
“Napoleon” torti
keyingi
“Napoleon” torti

Munosabat bildiring

Xato haqida xabar

Muharrirga joʻnatiladigan matn: