XUSH KELIBSIZ!
0 0
Tez tayyor bo‘luvchi issiq buterbrodlar

Buni ijtimoiy tarmog‘ingizda ulashing:

Yoki ushbu havolani olib ulashishingiz mumkin

Masalliqlar

Necha Porsiya:
4 dona Sosiska
1 dona Pomidor
8 bo'lak Non
4 dona Petrushka
2 bo'lakcha Sarimsoq piyoz (чеснок)
2 osh qoshiq Mayonez
100 gr. Pishloq

Retseptni saqlab qo‘yish

Retseptni taomnomaga qo‘shish uchun Siz Profilingizga kirishingiz yoki Ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim.

Tez tayyor bo‘luvchi issiq buterbrodlar

Xususiyatlari:
  • Tezpishar
Taomlar:
  • 30 daqiqa
  • 6 Porsiya
  • O‘rtacha

Masalliqlar

Ko‘rsatmalar

Ulashish

Aslida, tez tayyor bo’luvchi buterbrodlar tayyorlash bo’yicha retsept nafaqat men nomlagan masalliqlarni, balki sizga yoqadigan boshqa mahsulotlarni ham o’z ichiga olishi mumkin. Issiq sendvichlar, tayyorlanish usulining soddaligiga qaramay, juda mazali chiqadi. Ular nonushta yoki gazak uchun tayyorlanishi mumkin.

Tayyorlash bosqichlari

1
Bajarildi

Barcha masalliqlarni tayyorlab yuvib olamiz. Pomidorni mayda bo'lakchalarga kubikcha shaklida tog'rab olamiz.

2
Bajarildi

Sosiskalarni ham xuddi shunday to'g'rab olamiz.

3
Bajarildi

Petrushkani ham maydalab to'g'rab olamiz. (Petrushkaning o'rniga boshqa ko'katlarni tog'rasangiz ham bo'ladi)

4
Bajarildi

Barcha tayyorlagan masalliqlarni idishga solamiz. Sarimsoq piyozni mayda qilib to'grab olib (odatda uni qirg'ichdan chiqaraman) uni ham qo'shamiz va mayonezni solib hammasini yaxshilab aralashtiramiz.

5
Bajarildi

Kesilgan non bo'laklarini pishirish varag'i ustiga taxlab chiqamiz va nonning ustiga tayyorlagan masalliqlarimiz aralashmasini to'ldirib qo'yib chiqamiz.

6
Bajarildi

Ustidan qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqni sepamiz. 15 daqiqa davomida 180 daraja qizdirilgan pechga (duxovkaga) qo'yamiz. Pishlog'imiz erigandan so'ng sendvichlarimizni pechdan chiqarib olamiz.

7
Bajarildi

Buterbrodlarimiz (sendvichlarimiz) ham tayyor bo'ldi. Yoqimli ishtaha!

Davron

Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti talabasi

Retseptga Baholar

Ushbu retseptga hali baho qo‘yilmagan. Baholash uchun quyidagi shakldan foydalaning
avvalgi
Tarxun, limon va yalpiz ta’mli limonad
keyingi
“Mozayka” sutli kokteyli
avvalgi
Tarxun, limon va yalpiz ta’mli limonad
keyingi
“Mozayka” sutli kokteyli

Munosabat bildiring

Xato haqida xabar

Muharrirga joʻnatiladigan matn: