XUSH KELIBSIZ!
0 0
Shokoladli rulet

Buni ijtimoiy tarmog‘ingizda ulashing:

Yoki ushbu havolani olib ulashishingiz mumkin

Masalliqlar

Necha Porsiya:
Xamir uchun :
6 ta Tuxum
180 gr Shakar
135 gr Un Elakdan o'tkazilishi lozim
3 osh qoshiq Kakao
1 choy qoshiqa Qabartma tuz (разрыхлитель)
Krem uchun :
300 gr Qaymoq
150 gr Quyultirilgan sut
3 tomchi Plombir essensiyasi
Mevalar :
2 ta Banan
16 dona Malina Malina o'rniga qulupnay ham ishlatsa bo'ladi.
Ganash uchun :
1 dona plitka Shokolad
3 osh qoshiq Qaymoq

Ozuqaviy qiymati

180 kal.
Kaloriya
19 gram.
Uglevod
10 gram.
Yog'
1 gram.
Oqsil
1 kishi.
Porsiya

Retseptni saqlab qo‘yish

Retseptni taomnomaga qo‘shish uchun Siz Profilingizga kirishingiz yoki Ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim.

Shokoladli rulet

Taomlar:

Ushbu shirinlik nafis ta'mi bilan alohida ajralib turadi. Issiq choy va qahva bilan ajoyib uyg'unlik yaratadi.

  • 80 daq
  • 6 Porsiya
  • O‘rtacha

Masalliqlar

  • Xamir uchun :

  • Krem uchun :

  • Mevalar :

  • Ganash uchun :

Ko‘rsatmalar

Ulashish

Shokoladli rulet shokoladli shirinliklarni xush ko’ruvchi xo’rrandalar uchun maxsus tayyorlanadi. Shokoladli rulet ta’mi og’zingizda qoladi.

Tayyorlash bosqichlari

1
Bajarildi

6 ta tuxum oqi va shakar yaxshilab mikserda aralashtiriladi va qattiq beze qilinadi. 6 ta tuxum sarig'i bir-bir qo'shib aralashtiriladi, tuxum sarig'i qo'shilgandan so'ng ko'p aralashtirmaslik lozim. Kakao, qabartma tuz va un alohida idishda aralashtirilib, oz-ozdan qo'shib qo'lda (miksersiz) aralashtiriladi. Aralashtirganda bir tomonlama pastdan tepaga qilib aralashtirish lozim.

2
Bajarildi

Listga oq qog'oz qo'yib, ustiga xamir solinadi, yengil tekislanadi. Qizib turgan duxovkaga 50 minutga pastroq olovga qo'yiladi. Pishish davomida duxovkani ochib qarash mumkin emas. Biskvit ishmay qolishi mumkin. Pishgandan so'ng issiqligida, nam sochiq qo'yib, rulet qilib o'raladi. 10 daqiqadan so'ng, sochiq olib tashlanib, yana rulet qilib o'rab qo'yiladi.

3
Bajarildi

Qaymoq, quyultirilgan sut va plombir essensiya qo'shilib krem qilinadi, gul tushguncha mikserda aralashtiriladi.

4
Bajarildi

Rulet ustiga biroz propitka qilinadi (istalgan propitka ishlatishingiz mumkin, men 0,5 piyola qaynagan suvga 1 choy qoshiq quyultirilgan sut qo'shdim). Krem surib chiqiladi va mevalar teriladi. So'ng rulet o'ralib, ustiga ganash qilinadi.

5
Bajarildi

Ganash tayyorlash uchun shokolad va qaymoq bug'da eritilib, tinmay aralashtiriladi va bir xil massaga olib kelinadi.

Nozima

Retseptlarim asosida tayyorlangan taomlar Sizlarga manzur bo'ladi degan umiddaman :)

Retseptga Baholar

Ushbu retseptga hali baho qo‘yilmagan. Baholash uchun quyidagi shakldan foydalaning
avvalgi
Qulupnay ta’mli sutli kokteyl
moxora sho'rva
keyingi
Moxora sho‘rva
avvalgi
Qulupnay ta’mli sutli kokteyl
moxora sho'rva
keyingi
Moxora sho‘rva

Munosabat bildiring

Xato haqida xabar

Muharrirga joʻnatiladigan matn: