Masalliqlar
-
150 gr. Tovuq filesi
-
1 dona Pomidor
-
2 dona Tuxum
-
2 bo'lak Oq non
-
5 dona Salat bargi
-
2 choy qoshiq Zaytun yog'i
-
1 choy qoshiq Limon sharbati
-
ta'bga qarab Xantal (Горчица)
-
2 qisim (chimdim) Kunjut urug'lari
Ko‘rsatmalar
“Sezar” salatining turli xil variantlari mavjud, ba’zilari pomidor bilan, ba’zilari zaytun va limon tilimlari bilan, ba’zilari qisqichbaqalar va boshqa dengiz mahsulotlari bilan. Ammo bu salatning majburiy tarkibiy qismlari – tovuq va tuxumdir. Salat barglari esa idishni yorqinlashtiradi. Lazzatni yanada rang-baranglashtirish va rang qo’shish uchun pomidor tilimini salatga qo’shishni maqbul hisoblayman. “Sezar” salatining mahsulotlari juda muhim, uni to’g’ri tayyorlash esa salatning tarkibidan ko’ra ko’proq narsani anglatadi. “Sezar” salatining mahsulotlari tarkibi chindan ham noyob va o’ziga xosdir, u yangi tuxum, limon sharbati, sarimsoq, xantal, zaytun moyi yoki Worcester (shirin va nordon achitilgan ingliz sousi) sousidan iborat. Hozirgi vaqtda tuxum bilan “Sezar” salatiga bu kabi mahsulotlar to’plami tayyorlash juda kam uchraydi, tobora ko’proq faqat limon sharbati, xantal va zaytun moyi ishlatiladi. Tovuq va non bo’lakchalari bilan “Sezar” salatini men shunday tayyorlashni taklif qilaman.
Tayyorlash bosqichlari
1
Bajarildi
|
|
2
Bajarildi
|
|
3
Bajarildi
|
|
4
Bajarildi
|
|
5
Bajarildi
|
Barcha mahsulotlarni yig'ib salatni tayyorlab olamiz. Likopchaga tozalab yuvilgan salat barglarini taxlab olamiz, ustidan pomidor tilimlarini, non bo'lakchalarini, qaynatilgan tuxumning to'g'ralgan bo'laklarini hamda tovuq filesining kubik shaklda to'g'ralgan bo'laklarini aralashtirib taxlab qo'yamiz. |
6
Bajarildi
|
Tarkibiy sousini tayyorlab olamiz: kichik idishga yangi siqilgan limon sharbati, xantal va zaytun yog'ini solib aralashtirib olamiz. Tayyorlangan aralashmani salat ustiga quyamiz va kunjut urug'larini sepamiz. Ular Sezar salatining klassik versiyasiga kiritilmagan bo'lsa ham, ular sabzavot bilan juda yaxshi uyg'unlashadi hamda salatga ziravorlar qo'shadi. Yoqimli ishtaha! |