XUSH KELIBSIZ!
0 0
Qulupnay ta’mi bilan yalpizli limonad

Buni ijtimoiy tarmog‘ingizda ulashing:

Yoki ushbu havolani olib ulashishingiz mumkin

Masalliqlar

Necha Porsiya:
1.2 litr Ichimlik suvi
1 dona Limon
60 gr. Shakar
300 gr. Qulupnay
30 gr Yalpiz (мята)

Retseptni saqlab qo‘yish

Retseptni taomnomaga qo‘shish uchun Siz Profilingizga kirishingiz yoki Ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim.

Qulupnay ta’mi bilan yalpizli limonad

uy sharoitida

Xususiyatlari:
  • Salqin
Taomlar:
  • 30 daqiqa
  • 6 Porsiya
  • Oson

Masalliqlar

Ko‘rsatmalar

Ulashish

Yozning issiq kunlarida salqinlikni his etishni xohlaysizmi? Sizga mazali va yengil tamli ichimlik – limonadni taklif etaman. Mazasiga gap yo’q, qulupnay, limon va yalpiz tamlari uyg’unligida tayyorlanadi. Ichimligimizga muz kubikchalarini qo’shsangiz undan ham a’lo.

Demak, 30 daqiqa ichida mazali, salqin limonadimizni tayyorlashni o’rganamiz. Avvalo, oldindan toza ichimlik suvni idishga solib muzlatgichga qo’yib yaxshilab sovutib olsangiz limonadimiz tezroq tayyor bo’ladi.

Tayyorlash bosqichlari

1
Bajarildi

Barcha masalliqlarni tayyorlab olamiz. Boshladik!

2
Bajarildi

Qulupnaylarimizni yaxshilab yuvib barglarini olib tozalab olamiz.

3
Bajarildi

Qulupnaylarimizning bir qismini, taxminan 80-100 grammini aralashtirgichda (blenderda) maydalab olamiz.

4
Bajarildi

Idishga (kastryulkaga) barcha qulupnaylarimizni solamiz, yonidan yalpiz dastasini (ipga bog'langan bo'lsin) va limonimizning yarmini aylana shaklda to'g'rab idishga solamiz.

5
Bajarildi

Stakanda 200 ml qaynagan suv soling va qopqog'ini yopib 20 daqiqaga qoldiring.

6
Bajarildi

Yalpiz dastasini olib qo'yamiz.

7
Bajarildi

Shakar qoshamiz. Qolgan yarimta limonni siqib sharbatini qo'shamiz. Aralashtiramiz.

8
Bajarildi

1 litr muzdek ichimlik suvini qo'shamiz. Limonadimiz tayyor.

9
Bajarildi

Muz bo'lakchalarini qo'shib limonadimizning mazali tamidan lazzatlanamiz.

Davron

Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti talabasi

Retseptga Baholar

Ushbu retseptga hali baho qo‘yilmagan. Baholash uchun quyidagi shakldan foydalaning
avvalgi
Tovuqli “Boston” salati
keyingi
Tarxun, limon va yalpiz ta’mli limonad
avvalgi
Tovuqli “Boston” salati
keyingi
Tarxun, limon va yalpiz ta’mli limonad

Munosabat bildiring

Xato haqida xabar

Muharrirga joʻnatiladigan matn: