Masalliqlar
-
Xamir uchun
-
1 pachka Margarin"Yayla" margarini bo‘lishi lozim, xona haroratida bo‘lgani ma'qul
-
2.5 stakan Un1 stakan 200 grammga tengdir
-
5 tomchi Uksus
-
2 ta Tuxum
-
Krem uchun
-
1 ta pachka Sariyog‘Taxminan 200 gramm
-
0.5 pachka Vanilin
-
500 gramm Quyultirilgan sutAgar kremi kamroq bo‘lishini istasangiz, 450 gramm qo‘shsangiz ham bo'ladi
Ko‘rsatmalar
“Napoleon” shirinligi barchaning birdek sevimli shirinligidir. Ushbu shirinlik, ayniqsa, kichik ziyofatlar va mehmondorchiliklarda dasturxon ko‘rki hisoblanadi.
Tayyorlash bosqichlari
1
Bajarildi
|
Margarin va un birgalikda uvalanadi, alohida idishda 1 ta tuxum va yana 1 ta tuxum sarig‘i atalanadi. Unga 5-6 tomchi uksus qo‘shib, aralashtiriladi va yumshoq xamir qoriladi. Xamir 8 bo‘lakka bo‘linadi va muzlatgichga 1 soatga qo‘yiladi. |
2
Bajarildi
|
Har bir xamir to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida yoyiladi, sanchqi yordamida 5-6 ta mayda teshiklar hosil qilinadi va qizib turgan duxovkada 180 gradusda pishiriladi. Taxminan 15-20 daqiqada pishiriladi. |
3
Bajarildi
|
Xona haroratidagi yumshoq sariyog‘ 0,5 pachka vanilin bilan mikserda uriladi, sariyog‘ biroz oqaradi. Unga oz-ozdan quyultirilgan sut qo‘shib boriladi. Biroz suyuqroq krem bo‘ladi. |
4
Bajarildi
|
Krem 8 ga bo‘linib, har bir qavatga surib chiqiladi, ustiga xamirning chetidan chiqqan urvoqlar sepiladi. Yoqimli ishtaha !!! |