XUSH KELIBSIZ!
0 0
“Nafis” shirinligi

Buni ijtimoiy tarmog‘ingizda ulashing:

Yoki ushbu havolani olib ulashishingiz mumkin

Masalliqlar

Necha Porsiya:
Xamir :
250 gr Margarin Xona haroratida bo'lishi lozim
2,5 stakan Un Elakdan o'tkazilishi lozim
5 ta Tuxum
1 ta pachka Qabartma tuz (разрыхлитель)
1 ta pachka Vanilin
0,25 stakan Yong‘oq
0,25 stakan Osh mayizi
1 stakan Shakar
Krem :
150 gr Sariyog‘
0,5 pachka Vanilin
1 ta banka Quyultirilgan sut

Retseptni saqlab qo‘yish

Retseptni taomnomaga qo‘shish uchun Siz Profilingizga kirishingiz yoki Ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim.

“Nafis” shirinligi

Taomlar:

"Nafis" o'ta shirin pishiriqlardan biridir. Agar siz shirinlikni xush ko'ruvchi xo'rrandalardan bo'lsangiz, "Nafis" shirinligi siz uchun ayni muddao.

  • 110 daqiqa
  • 8 Porsiya
  • O‘rtacha

Masalliqlar

  • Xamir :

  • Krem :

Ko‘rsatmalar

Ulashish

Aziz bekajonlar, “Nafis” shirinligi tayyorlanishi alohida e’tibor va mahorat talab qiluvchi shirinliklardan biridir. Lekin, ishoning ta’mi og’zingizda eriydi. Albatta, tayyorlab ko’ring.

Tayyorlash bosqichlari

1
Bajarildi

Margarin va un uvalanadi, qabartma tuz va vanilin qo'shiladi. Tuxum sarig'i qo'shilib, xamir qoriladi. 3-4 soatga muzlatgichga qo'yiladi.

2
Bajarildi

Xamir qirg'ichdan o'tkazilib, beze suriladi (tuxum va shakardan beze tayyorlab olinadi). Eng murakkab qism ushbu qismdir, beze ehtiyotlik bilan bir tekisda suriladi. Ustiga mayiz va yong'oq sepiladi va duxovkaga (180 gradus) qo'yiladi. Pishgandan so'ng, xamir teng 3 ga bo'linadi.

3
Bajarildi

Krem qilishda dastavval sariyog' yaxshilab uriladi, vanilin qo'shiladi va oz-ozdan quyultirilgan sut qo'shib krem qilinadi.

4
Bajarildi

Krem surilib, xamirlar ustma-ust qo'yiladi. Ustiga kokos sepiladi.

Nozima

Retseptlarim asosida tayyorlangan taomlar Sizlarga manzur bo'ladi degan umiddaman :)

Retseptga Baholar

Ushbu retseptga hali baho qo‘yilmagan. Baholash uchun quyidagi shakldan foydalaning
avvalgi
Rulet salati
Arining uyi
keyingi
“Arining ini” shirinligi
avvalgi
Rulet salati
Arining uyi
keyingi
“Arining ini” shirinligi

Munosabat bildiring

Xato haqida xabar

Muharrirga joʻnatiladigan matn: