XUSH KELIBSIZ!
1 0
“Merenga” ruleti

Buni ijtimoiy tarmog‘ingizda ulashing:

Yoki ushbu havolani olib ulashishingiz mumkin

Masalliqlar

Necha Porsiya:
Merenga uchun :
8 ta Tuxum Faqat oqi ishlatiladi.
1.5 stakan Shakar 1 stakan 200 gramm. Juda shirin bo'lishini istasangiz 2 stakan shakar soling.
0.5 ta Limon Limonning faqat suvi ishlatiladi.
Krem uchun :
300 gramm Qaymoq Supermarket qaymoqlaridan foydalanmaganingiz maqul.
130 gramm Quyultirilgan sut
1 ta pachka Tvorog siri (Творожный сыр) 160 gramm
3 tomchi Plombir essensiyasi
2 dona Banan
10 dona Qulupnay

Retseptni saqlab qo‘yish

Retseptni taomnomaga qo‘shish uchun Siz Profilingizga kirishingiz yoki Ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim.

“Merenga” ruleti

Taomlar:

"Merenga" ruleti tayyorlanishi juda oson, shu bilan birga ajoyib nafis ta'mga ega shirinliklardan biri hisoblanadi. Uni albatta tayyorlab ko'ring, barchaga yoqimli ishtaha!!!

  • 90 daqiqa
  • 6 Porsiya
  • O‘rtacha

Masalliqlar

  • Merenga uchun :

  • Krem uchun :

Ko‘rsatmalar

Ulashish

Nafis ta’m izlayapsizmi ? Ushbu shirinlikni tayyorlab ko’ring, uning nafis ta’midan bahramand bo’lasiz.

Tayyorlash bosqichlari

1
Bajarildi

Tuxum oqi avval yaxshilab mikserda ko'pirtirilib, so'ng shakar solinadi, qattiq beze qilinadi. Yaxshilab beze qilingandan so'ng, limon suvi qo'shilib bir tomonlama aralashtiriladi.

2
Bajarildi

Listga maxsus pishiriq qog'ozi qo'yilib, ustiga beze solinadi. Qizib turgan duxovkaga taxminan 50 daqiqaga merenga qo'yiladi. Duxovka harorati 150 gradus bo'lishi lozim.

3
Bajarildi

Tvorog siri (творожный сыр) alohida idishga solinib, sanchqi yoki qoshiq yordamida yaxshilab yumshatilib aralashtiriladi.

4
Bajarildi

Alohida idishga qaymoq, quyultirilgan sut va plombir essensiyasi solinib mikserda yengil gul tushguncha uriladi. So'ng tvorog siri (творожный сыр) qo'shilib mikserda tezda aralashtirib olinadi. Merengaga krem surilib kesilgan mevalar qo'yib chiqiladi va rulet shaklida o'raladi. Usti mevalar va krem bilan bezatiladi.

Nozima

Retseptlarim asosida tayyorlangan taomlar Sizlarga manzur bo'ladi degan umiddaman :)

Retseptga Baholar

Ushbu retseptga hali baho qo‘yilmagan. Baholash uchun quyidagi shakldan foydalaning
avvalgi
“Napoleon” torti
keyingi
“Sezar” salati
avvalgi
“Napoleon” torti
keyingi
“Sezar” salati

Munosabat bildiring

Xato haqida xabar

Muharrirga joʻnatiladigan matn: