XUSH KELIBSIZ!
0 0
Kartoshka chipslarini pechda tayyorlash

Buni ijtimoiy tarmog‘ingizda ulashing:

Yoki ushbu havolani olib ulashishingiz mumkin

Masalliqlar

Necha Porsiya:
2 dona Kartoshka
ta'bga qarab Tuz

Ozuqaviy qiymati

510 kkal
Kaloriya
6.5 gr.
Oqsil
53 gr.
Uglevod

Retseptni saqlab qo‘yish

Retseptni taomnomaga qo‘shish uchun Siz Profilingizga kirishingiz yoki Ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim.

Kartoshka chipslarini pechda tayyorlash

yog' qo'shmasdan

Xususiyatlari:
  • Tezpishar
Taomlar:
  • 20 daqiqa
  • 1 Porsiya
  • Oson

Masalliqlar

Ko‘rsatmalar

Ulashish

Bu safar biz Siz bilan oson tayyorlanadigan kartoshka chipslarini tayyorlashni o’rganamiz. Buning o’ziga xos tomoni biz chipslarni yog’ ishlatmasdan tayyorlaymiz. Faqatgina tuzning o’zi kifoya. Agar xohlasangiz o’zingizning ta’bingizga qarab ziravorlar va qalampir qo’shib tayyorlashingiz ham mumkin.

Tayyorlash bosqichlari

1
Bajarildi

Birinchi qiladigan ishimiz bu - kartoshkamizni yaxshilab tozalab olamiz va uni ingichka(yupqa) tilim qilib kesib chiqamiz.

2
Bajarildi

Chuqurroq idish olib unga suv solib tuz qo'shamiz. Tuz miqdori, taxminan, 3 stakan suvga bir choy qoshiq tuz. Suv va tuz solingan idishga kartoshka tilimlarini solib, biroz muddatga qoldiramiz.

3
Bajarildi

Bu vaqt oralig'ida boshqa bir idishga toza suv solib uni qaynatamiz. Tuz solib kartoshkalarmizni qaynab turgan suvga solamiz.

4
Bajarildi

3 daqiqa qaynatamiz va idishni gaz ustidan olib ustiga qopqog'ini yopib shu holtda 3-4 daqiqa qoldiramiz.

5
Bajarildi

Ehtiyotkorlik bilan kartoshka tilimlarini suzgichga olib suvi ketguncha kutamiz.

6
Bajarildi

Tuz qo'shamiz. Ushbu bosqichda qo'shimcha tarzda boshqa ziravorlar ham qo'shishingiz mumkin.

7
Bajarildi

Pech (duxovka) listiga psihirish qo'gozini tekislab qo'yamiz va ustiga chipslarni qo'ying. Pech listini 220 daraja qizdirilgan pechga qo'ying va 7-10 daqiqa davomida tekshirib turing. Chipslarni tayyorligini uning rangi bilan baholab e'tibor bering. Lekin ta'bingizga qarab ularni pechda ko'proq pishirishingiz mumkin.

8
Bajarildi

Chipslarimiz ham tayyor bo'ldi. Ushbu retseptimiz, kartoshga chipslarini pechda yog' ishlatmasdan tayyorlash usulimiz yoqqan bo'lsa judayam mamnunmiz. Biz bilan qoling, yanada yangi retseptalrni kutib qoling. Yoqimli ishtaha!

Davron

Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti talabasi

Retseptga Baholar

Ushbu retseptga hali baho qo‘yilmagan. Baholash uchun quyidagi shakldan foydalaning
avvalgi
“Mozayka” sutli kokteyli
keyingi
Qulupnay ta’mli sutli kokteyl
avvalgi
“Mozayka” sutli kokteyli
keyingi
Qulupnay ta’mli sutli kokteyl

Munosabat bildiring

Xato haqida xabar

Muharrirga joʻnatiladigan matn: