XUSH KELIBSIZ!
0 0
“Arining ini” shirinligi

Buni ijtimoiy tarmog‘ingizda ulashing:

Yoki ushbu havolani olib ulashishingiz mumkin

Masalliqlar

Necha Porsiya:
Xamir :
200 gr Margarin
2,5 stakan Un
0,5 ta pachka Vanilin
0,5 choy qoshiq Qabartma tuz (разрыхлитель)
bir chimdim Choy sodasi (чайная сода)
150 gr Qatiq
60 gr Mayonez
3 ta Tuxum Xamir uchun sarig'i, beze uchun oqi ishlatiladi
200 gr Shakar 150 gr beze uchun, 50 gr xamirga
Krem :
150 gr Sariyog‘ Xona haroratida bo'lishi lozim
0,5 ta pachka Vanilin
300 gr Quyultirilgan sut
Bezak :
1 ta plitka Shokolad
0,5 stakan Yong‘oq

Retseptni saqlab qo‘yish

Retseptni taomnomaga qo‘shish uchun Siz Profilingizga kirishingiz yoki Ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim.

“Arining ini” shirinligi

Taomlar:

Olcha, nafis ta'mli krem va ajoyib xamir uyg'unligi. Juda ham mazaliligi bilan bir vaqtda me'daga tegmaydi. TRY IT !!!

  • 110 daqiqa
  • 8 Porsiya
  • O‘rtacha

Masalliqlar

  • Xamir :

  • Krem :

  • Bezak :

Ko‘rsatmalar

Ulashish

“Arining ini” shirinligining nomlanishlari ko’pdir. Masalan, “Piramida”, “Monastirskaya izba” shular jumlasidandir. Ushbu original shirinlik retseptini sizlar bilan bo’lishib turganimdan juda ham xursandman va menga ushbu imkoniyatni bergan Retseptlar.uz saytiga alohida rahmat aytaman !!!

Tayyorlash bosqichlari

1
Bajarildi

Margarin un bilan uqalanadi, unga qabartma tuz, shakar, vanilin solib aralashtiriladi. Alohida idishda qatiq, mayonez, tuxum sarig'i va choy sodasi aralashtirilib, birinchi massaga qo'shiladi. Yumshoq xamir qoriladi. Muzlatgichga qo'yiladi.

2
Bajarildi

Xamir teng 12 bo'lakka bo'linadi, va uzunchoq shaklda yoyiladi. Tuxum oqi va shakardan beze tayyorlab olinadi. Xamirga beze va olcha bir qator teriladi va rulet qilib o'raladi. Duxovkada 50 daqiqa davomida 170 gradusda pishiriladi.

3
Bajarildi

Sariyog' vanilin bilan mikserda uriladi va oqaradi, so'ng qyultirilgan sut oz-ozdan qo'shiladi va krem qilinadi.

4
Bajarildi

2 ta piramida qilinadi. Pastida 3 ta rulet, keyin 2 ta va eng tepada bitta rulet xamir krem surtilib teriladi. Istalgancha bezak berishingiz mumkin.

Nozima

Retseptlarim asosida tayyorlangan taomlar Sizlarga manzur bo'ladi degan umiddaman :)

Retseptga Baholar

O‘rtacha Baho:
(5)
Jami Baholar: 1
admin

Kecha tayyorlab ko'rdik! Juda zo'r chiqdi, retsept uchun katta rahmat!

Nafis shirinlik
avvalgi
“Nafis” shirinligi
Nafis shirinlik
avvalgi
“Nafis” shirinligi

Munosabat bildiring

Xato haqida xabar

Muharrirga joʻnatiladigan matn: