Yangi retsept joylashtirish, retseptlarni baholash hamda izohlar qoldirish uchun Siz saytda ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. Sizga qulay bo‘lishi uchun ro‘yxatdan o‘tishning bir necha turi mavjud:
- E-mail manzil
Saytda qiziqarli, odil va do‘stona muhit yaratish uchun quyidagi qoidalar o‘rnatilgan:
- Boshqa saytlardan retseptlarni ko‘chirib olishda, retsept manbasini unga havola bergan holda ko‘rsatishingizni so‘raymiz.
- Yangi retsept qo‘shayotganingizda, rasm bilan nashr qilayotgan bo‘lsangiz, shaxsiy rasmlaringizdan foydalanishni maslahat beramiz. Albatta, Siz boshqa rasmlardan ham foydalanishingiz mumkin.
- Sayt ma’muriyati qo‘shilgan retseptlar va ularda ishlatilgan rasmlarning mualliflik huquqini tekshirish javobgarligini foydalanuvchilarda qoldiradi.
- Retsept, baholash va izohlarda odob-axloq talablariga javob bermaydigan so‘zlar va jumlalarni ishlatish, shuningdek, profil rasmlarida nojo‘ya so‘z yoki tasvirlar bo‘lishi taqiqlanadi.
- Boshqa foydalanuvchilarni shaxsiyatiga tegish yoki kinoyali gaplar bilan haqorat qilish taqiqlanadi.
- Foydalanuvchilar saytdagi shakl orqali retsept yuborar ekanlar, sayt ma’muriyati va jamoasi tomonidan tahrirlash, ulashish, chop etish va boshqa turda foydalanilishiga rozilik beradilar.
- Saytdagi ma’lumotlarni har qanday ko‘rinishda ulashish yoki chop etishda sayt nomi va havolasi ko‘rsatilishi shart.
- Ushbu Qoidalar sayt maʼmuriyati tomonidan bir tomonlama tartibda foydalanuvchi tomonidan ogohlantirilmasdan o‘zgartilirishi yoki bekor qilinishi mumkin. Agar Qoidalarning yangi variantida boshqacha yo‘riqlar nazarda tutilgan bo‘lmasa, yangi qoidalar saytga joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Unutmang, pishirilgan taom yaqinlarimizga mehr va e’tiborimizning ifodasidir.
Hurmat va ehtirom ila,
Retseptlar.uz jamoasi
